Malayalam, malayali tili

Malayalam, malayali tili — dra- Vid tillari oilasining Jan. guruhiga mansub, Hindistonning Jan. va Jan.- g’arbida tarqalgan til; Kerala shtati- ning rasmiy tili. 40 mln. ga yaqin kishi so’zlashadi. Lahjalari hududiy jihatdan Jan., Markaziy, g’arbiy guruxlarga AJ- ratiladi, shuningdek, ijtimoiy-etnik jihatdan ham lahjalar (brahmanlar, musulmonlar, ayrim qabilalar) o’zaro farqlanadi. Fonologik va morfologik jihatdan bir qator o’ziga xosliklarga ega, mas, old va orqa qator unlilarining ba’zan namoyon bo’luvchi singarmoniz- ma, qad. dravid tillaridagi ayrim tan- glay va burun undoshlarining saqlanib qolganligi, fe’llarning zamon shak- llari yasalishiga ko’ra, kuchli va kuchsiz turlarga bo’linishi va b. Adabiy til lug’at tarkibida va so’z yasalishida san- skrit tilining kuchli ta’siri seziladi. M. yozuvi 9-10-a.lardan ma’lum; uning harf-bo’g’inli alifbosi qad. hind yozuvi — brahmipan kelib chiqqan.