Male

Male — Maldiv Respublikasi poytaxti, Male o.da. Aholisi 55 ming kishidan ziyod (1990-y.lar o’rtalari). Iqlimi ekvatorial, mussonli iqlim, o’rtacha oylik t-ra 24-30°, yiliga 250° mm gacha yog’in yog’adi. M. — tarixiy shahar. Arab sayyohi Ibn Battuta 1342 y.da M.da bo’lib, uning yirik shahar ekanligini yozgan. 16-a.da M.da portugallar hukmronlik kilgan. 1857 y.da Angliya bosib olgan. 1965 y. iyuldan Maldiv davlati poytaxti. M. — mamlakatning iqtisodiy, madaniy va savdo markazi. M. porti orqali chet- ga quritilgan baliq, kokos yong’og’i, kopra chiqariladi. Havo va suv yo’llari orqali Kolombo sh. b-n bog’langan. M.da baliq ovlash kemalari, zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi. Tikuvchilik f-kasi, baliq konserva qilish z-Di mavjud. Abu al-barakat maqbarasi, Sulton saroyi (hoz. muzey) bor.