MALEIN VA FUMAR KISLOTALAR

MALEIN VA FUMAR KISLOTALAR, tsis — va trans-etilen — 1,2 dikar- bon kislotalar, formulalari tegishlicha I, P. Mol. m. 116,07; rangsiz kristallar. Malein kislotaning suyuklanish t-rasi 140°, zichligi 1590 kg/m3. 130° dan yuqori t-Rada fosfat angidrid, atsetilxlorid va b. ishtirokida qizdirilganda degi- dratlanib malein angidridga aylanadi. Sanoatda benzolni katalitik oksidlash, shuningdek, kroton aldegidni oksidlash yo’li b-n olinadi. Vino va olma kislota- lar, sirt faol moddalar, alkid smolalar i.ch.da qo’llanadi. Yorug’lik ta’sirida, 200°dan yuqori t-Rada qizdirilganda yoki kimyoviy agentlar ta’sir ettirilganda malein kislota izomerlanib fumar kis- lotaga aylanadi. Fumar kislotaning suyuklanish t-rasi 296,4°, zichligi 1635 kg/m3. Ko’pgina o’simliklar (mas, Island Moxi) va zamburutlar tarkibida bor; uglevo- dorodlarning bijg’ishidan ham hosil bo’ladi. Sanoatda malein kislotani NS1, brom birikmalari va b. ta’sirida izomerlab olinadi. Poliefir smola- lar, quruvchan sintetik moylar, plasti- fikatorlar olishda, oziq-ovqat sano- atida limon va vino kislotalarining o’rinbosari sifatida qo’llanadi.