Malenkov Georgiy Maksimilianovich

Malenkov Georgiy Maksimilianovich (1901.26.12, Orenburg — 1988.14.1, Moskva) — davlat arbobi, general-leytenant (1943). Turkiston fronti siyosiy boshqarmasida xizmat qilgan (1920-21). 1939-46 va 1948-53 yillarda KPSS MK kotibi. 1953-55 yillarda SSSR Ministrlar Soveti raisi, 1955-57 yillarda SSSR elektr st-ansiyalari vaziri. 1957 yilda N. S. Xrushchevning siyosiy yo’liga qarshi chiqqan (L. M. Kaganovich, V. M. Molotov va boshqalar bilan birga). I. V. Stalinning yaqin safdoshlaridan, 1930-50 yillardagi ommaviy qatag’onlarning faol tashkilotchilaridan biri.