Maler (Mahler) Gustav

Maler (Mahler) Gustav (1860.7.7, Kalishte, Chexiya — 1911.18.5, Vena) — Avstriya kompozitori va dirijyor, so’nggi romantizmning yirik vakili. Vena kon- servatoriyasi (1875-78) va unti (1878— 80)da ta’lim olgan. Dirijyorlik faoli- yatini 1880 y.dan boshlab, Evropaning turli opera teatrlari (Praga, Leypsig, Budapesht, Gamburg va b.)da ishlagan. 1897-1907 y.lar Vena saroy operasiga rahbarlik qilib, uni jahon opera san’- ati markaziga aylantirdi. R. Vagner, V. Mosart, L. Betxoven, P. Chaykovskiy, B. Smetana va b. kompozitorlarning opera- larini yuksak darajada sahnalashtirgan. Shuningdek, simfonik dirijyor sifatida ham tanilib, ko’p mamlakatlarda gastrol- da bo’lgan. Umrining oxirida (1908-11) «Metropoliten-onepa»ra, Nyu-York filarmonik or-kestriga rahbarlik qilgan. M. — simfonik musiqaning bet- xoventsln ke-yingi eng yirik namoyanda- si. U 1888— 1910 y.larda yaratgan 10 ta monumental simfoniyasida keng ko’lamli falsafiy kontsepsiyalarga gumanistik talqin berishga erishgan. Cholg’u musiqa b-n cheklanmay 2-4-, 8 — simfoniyalari va «er haqida qo’shiq» simfoniyakanta- tasida turli mamlakat (jumladan, 8— 9-a. Xitoy) shoirlari ijodiga murojaat qilgan. M. ijodi (ovoz va orkestr uchun bir qancha vokal turkumlari, qo’shiqlari) 20-a. dramatik simfonizmi (D. Shosta- Kovich, A. Onegger asarlari), musiqiy ekspressionizm namoyandalari (A. Shyon- Berg, A. Vebern va b.) ijodiga ta’sir o’tkazgan. Venada M. jamiyati faoliyat ko’rsatmoqda (1955 y.dan).