ABDULJAMIL
ABDULJAMIL (? – 1505-06 yillar, Hirot) — xattot. Alisher Navoiyning shaxsiy kotibi, Hirotdagi Sultoniya madrasasida nahv va sarfdan Daryo bergan (mudarris). U Alisher Navoiyning “Xamsa” (O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi), “Navodir un-nihoya” va boshqa asarlarini ko’chirgan. Navoiyning lirik asarlari bo’yicha “Tuhfat us-salotin” (“Sultonlarga tuhfa”) to’plamini tuzgan (Britaniya muzeyida saqlanadi).