“AVIABANK”

“AVIABANK” — O’zbekistondagi universal aktsiyadorlik tijorat banki. 1990 yil dekabrda tashkil topgan. Toshkent shahrida joylashgan. Asosan respublikada aviatsiya transporti va unga xizmat ko’rsatadigan infratuzilmalarni rivojlantirishga, moliya-kredit resurslarini jalb qilishga ko’maklashadi, yuridik va jismoniy shaxslarga turli bank xizmatlari ko’rsatadi. Aktsiyadorlik kapitali summasi 50, zaxira kapitali 76,5, berilgan kreditlar 73,2, ko’rilgan yillik foyda 143,2; jami aktivlari 475,5 millin. so’m (1997 yil 1 yanvar).