AVTOMETAMORFIZM
AVTOMETAMORFIZM (geologiya) -magmatik tog’ jinsining sovib kristallanishi jarayonida bo’ladigan o’zgarish. Jinsning sovishi vaqtida undan magma bilan yer qa’ridan chiqqan qaynoq suvli qorishmalar ta’siri (gidroterm) va uchuvchi moddalarning ajralishi natijasida sodir bo’ladi.