FOSFOR OKSIDLARI
FOSFOR OKSIDLARI – fosforning kislorod bilan hosil qilgan birikmalari. Fosfor oksidlari dan fosfor (Sh)oksid yoki fosfit angidrid R2O3, fosfor (u)oksid yoki fosfat angidrid R2O, va fosfor (G’u)oksid (RO2)p muhim ahamiyatga ega. Ularning molekulalari dimer holda, ya’ni R4O6, R4O10 va R2O4 (fosfor qo’sh oksid) shaklida mavjud. Fosfor (Sh)oksid, R2O, — rangeiz modda. Suyuqlanish temperaturasi 23,8°, qaynash temperaturasi 173,7°, zichligi 2,135 g/sm3. Suv, uglerod sulfid va benzolda yaxshi eriydi. Sovuq suvda eriganda fosfit kislota N3RO3, issiq suvda esa erkin fosfor, fosfin, fosfat kislota va boshqa birikmalar hosil qiladi. Havoda asta-sekin fosfat angidridgacha oksidlanadi. 210°da RO2 va qizil fosforga parchalanadi. Fosfit angidrid fosforga cheklangan mikdorda havo ta’sir ettirish yo’li bilan olinadi. Organik sintezda ko’plab ishlatiladi. Suv ta’sirida fosfat kislotaaarta aylanadi. Sanoatda fosfat angidrid fosforni kislorodi ko’p havoda kuydirish yo’li bilan hosil qilinadi. Fosfat angidrid gazlardagi namni, suyuqliklardagi suvni yutuvchi vosita, kimyoviy sintezlarda kondensasiyalovchi modda sifatida qo’llanadi. R2O5 shilliqpardalarga ta’sir etadi, yo’taltiradi, bo’g’adi, terini kuydiradi, shu sababli u bilan ishlaganda xavfsizlik texnikasiga rioya qilish lozim.