FOSFORITLAR

FOSFORITLAR — fosfatlar (asosan, apagit)ga to’yingan cho’kindi tog’ jinslari. Fosforitlar tarkibida fosfat angidridi (R2O5)ning miqdori 18%dan kam bo’lmasligi kerak, ammo geologik qidiruv ishlari amaliyotida tarkibida 5-18% gacha R2O5 bo’lgan tog’jinslari ham Fosforitlarga kiritiladi. Sof Fosforitlarning rangi asosan oq bo’lib, juda kam uchraydi. Fosforitlar tarkibidagi rangli moddalarga ko’ra qora, kulrang, jigarrang, ba’zan ko’k, yashil, qizil, sariq, och kulrang bo’ladi. Fosforitlar tarkibida deyarli har doim organic moddalar, Sa, Mg, Fe karbonatlari, gil minerallari, pirit, temir gidrooksid, kvars, xaltsedon bo’ladi. Fosforitlarda uran, lantanoidlarning tseriy guruhiga mansub elementlari hamda ko’proq Y, Pb, Sr, oz mikdorda V, Sc, Zr, Se, Be aralashmalari to’planishi mumkin. Fosforitlar strukturasiga qarab yaxlit, donador, jelvaksimon (konkresion), shag’alsimon, konglomeratli turlarga bo’linadi. Yaxlit va donador Fosforitlar ko’p tarqalgan. Yaxlit (geosinklinal) Fosforitlar zich bir xil jinedan iborat bo’lib, tarkibidagi juda kichik dumaloq fosfat donalari va oolitlar fosfat, karbonat yoki silikat angidrid (SiO2) birikmalari yordamida jipelashgan. Mahsuldor qatlamlari qalin (10 metrdan ortiq), yuqori sifatli (28-36% R2O,), keng maydonda tarqalgan. Bunday Fosforitlar konlari Xubsugul (Mongoliya), Kunyana (Xitoy), Jorjina (Avstraliya) kembriy yotqiziqlarida mavjud. Donador (platforma) Fosforitlar — karbonat yoki terrigen cho’kindi tog’jinslari, tarkibidagi fosfat donalari hamda dengiz organizmlari qoldiqlari karbonat, silikat angidrid yoki gil yordamida jipelashgan. Mahsuldor qatlam qalinligi ko’pincha 2-3 metr (ba’zan 10 metrgacha), tarkibida 22— 30% R2O5 bo’ladi. Bu tipdagi Fosforitlar Rossiyaning Yevropa qismi, shimoliy Afrika, O’rta Osiyoda bo’r va paleogen yotqiziqlarida keng tarkalgan. Fosforitlar paydo bo’lishi haqida turli biokimyoviy, kimyoviy va biogen nazariyalar mavjud bo’lib, biokimyoviy nazariya ko’pchilik tomonidan tan olingan. Fosforitlar kimyo, tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan fosfor, fosfor kislota va turli fosforli birikmalar olish manbasi hisoblanadi. Asosiy iste’molchi — qishloq xo’jalik bo’lib, Fosforitlar 90% gacha fosforli o’g’itlar tayyorlashda ishlatiladi. Undan tashqari, Fosforitlardan yo’lyo’lakay sanoat masshtabida bir qancha noyob elementlar ajratib olinadi. Rossiya Federatsiyasi, Boltiqbo’yi, Sibir, Qozog’istonda yirik Fosforitlar konlari bor. O’zbekiston hududida Fosforitlar paleogen, bo’r, devon, silur va tokembriy yotqiziqlarida topilgal. Ular, asosan, Markaziy Qizilqumdagi Jeroysardara (R2O, zaxirasi 57,68 million tonna), shimoliy Yetimtog’va Karakata konlarida mavjud.