FOSFOR

FOSFOR (Yunoncha Phosphoros — yorug’lik tashuvchi, phos — yoruglik va phoro — tashiyman, lotincha Phosphorus), P — Mendeleev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 15, atom molekulasi 30,97376. Fosforning 1 ta izotopi — 31R bor. 6 ta sun’iy radioaktiv izotopi: 2SP, 29R. 30R, 32R, 33R, 34R olingan. Uning 32R (T1/2= 14,22 kun) izotopi nishonli atom sifatida keng qo’llanadi. Fosforni 12-asrda Arab alkimyogari A. Bexil (Bashir) siydikdan ajratib olgan. Gamburglik Alkimyogar X.Brand siydikni bug’latishdan hosil bo’lgan qoldiqni ko’mir ishtirokida quruq xaydash bilan oq Fosfor olgan (1669). Fosforni ilk bor Lavuaze kimyoviy element deb atagan. K. Sheele 1771 yilda Fosforni suyak kulidan olgan. Fosfor Yer po’stining massa jihatdan 8102% ini tashkil qiladi. Fosfor faol element, tabiatda fosforitlar va apatitlar tarkibida uchraydi. Fosforning 3 ta allotropik shakl o’zgarishi: oq, qizil va qora Fosfor ma’lum. Oq Fosfor R4 tarkibli tetraedr shakldagi molekulalar hosil qiladi. Uning suyuqlanish temperaturasi 44°, zichligi 1,83 g/sm3, qaynash temperaturasi 281°; u suvda, spirtda oz, uglerod (1U)sulfid, benzol, efir, skipidar va suyuq ammiakda yaxshi eriydi. Oq Fosfor kimyoviy reaktsiyalarga yaxshi kirishadi. 50° da havoda o’zo’zidan alangalanadi. Qizdirilganda hatto platina bilan ham birikadi. Juda zaharli, 0,1 grami odamni o’ldiradi. Oq Fosfor suvda saqlanadi. U berk idishda 260° gacha qizdirilganda qizil Fosforga aylanadi. Qizil Fosfor (qora Fosfor ham) yuqori polimer modda. Suyuqlanish temperaturasi 590°, zichligi 2,3 g/sm3, qizil Fosfor qizdirilganda suyuqlanmasdan bug’lanib ketadi, uglerod (1U)sulfidda erimaydi: havoda 260° da alangalanadi, zaharli emas. Qora Fosforning tuzilishi va ko’rinishi grafitga o’xshaydi. U.F.ning eng barqaror shaklidir. Zichligi 2,7 g/sm3, 490° da alangalanadi. Uglerod (1U)sulfidda erimaydi; elektr tokini o’tkazadi (oq Fosfor va qizil Fosfor elektr tokini o’tkazmaydi). Qora Fosfor oq Fosforga yuqori bosim ta’sir ettirish yoki uni 270° da uzoq qizdirish natijasida hosil bo’ladi. Fosfor faol metallmaslar jumlasiga kiradi. Uning oksidlanish darajalari +5, +3, +1,0 va -3 ga teng. Yuqori trada (1000° dan yuqorida) Fosfor bug’lari, asosan, R2 molekulalaridan iborat. Quyi temperaturada Fosfor bug’lari tetraedr shaklidagi R4 molekulalaridan tuzilgan. Fosforning -3 oksidlanish darajadagi birikmasi RN3 — juda zaxarli gaz. Fosforning +3 ga muvofiq oksidi R4O6 tarkibli dimer molekulalardan, +5 ga muvofiq oksidi R4O|0 molekulalardan tuzilgan. Fosforning bu oksidlariga muvofiq keladigan kislotalari N,RO3 — ortofosfit kislota, NRO2 — metafosfit kislota, N3RO4 — ortofosfat kislota, nro3 — meta – fosfat kislota, N4R2O7 — pirofosfat kislota. Ortofosfat kislota kuchi o’rtacha kislotalar jumlasiga kiradi, u 3 asosli. Apatitlar ortofosfat kislotaning kaltsiyli tuzidir. Apatit va fosforitlar Fosfor olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Ularni elektr pechda 1400-1600° da koks bilan qaytarib erkin Fosfor hosil qilinadi. Kaltsiy oksidni shlakka o’tkazish uchun SiO2 qo’shiladi. Hosil bo’lgan Fosfor bug’lari suvda oq Fosfor shaklida kondensatlanadi. Fosfor harbiy maqsadlarda, gugurt sanoatida, metallurgiyada, fosforli bronzalar hosil qilishda qo’llanadi. Ishlab chiqariladigan Fosforning asosiy qismi termik fosfat kislota va fosforli o’g’itlar tayyorlash uchun ketadi. Texnik Fosforning deyarli yarmi sintetik yuvuvchi vositalar tayyorlash uchun sarflanadi. Fosfor (U) oksid R4O|0 qurituvchi vosita sifatida, metilmetakrilat smolalar olishda qo’llanadi. Fosfor sulfidlari flotasion vositalar, antikorrozion qo’shimchalar, fosfororganik birikmalar sintezida ishlatiladi. Fosfor tirik organizm hujayralari hayotida muhim rol o’ynaydi. Fosfor mono, Diva trifosfat guruhlar —N2RO3 , N3R2 O7 va N4R3 oyu tarzida fermentlarning faol guruhlari tarkibiga kiradi. Biologik sistemalarda (xujayralar mitoxondriyalarida) adenozintrifosfat kislota (ATF) mavjud bo’lib, u organizmga energiya zaxirasini berib turadi, chunki ATF gidrolizga uchraganda adenozindifosfat kislota (ADF) va fosfatlar hosil bo’lib, bu jarayon energiya ajralib chiqishi bilan sodir bo’ladi. Organizm hujayralarida elektronlar ozuqa moddalardan havo kmslorodiga ko’chadi. Bu jarayon vaqtida ADF va fosfatlardan ATF hosil bo’ladi. Suyakda Fosfor gidroksid apatit zsa(RO4)2Sa(on), va karbonat apatit zsa(RO4)2saso3n2o shaklida mavjud. O’simliklar Fosforni tuprokdan fosfatlar holida o’zlashtiradi. O’simlik va hayvon organizmlarida Fosfor turli organik modsalar hosil qiladi. Ad.: Parpiev N.A., Rahimov H.R., Muftaxov A.G., Anorganik kimyo, T., 2003; Kasimova S.S, Biogennie elementi, T., 1990. Stalina Qosimova.