FOSFAT KISLOTALAR

FOSFAT KISLOTALAR – fosfat angidrid (R2O5)ning suvli hosilalari. Bir molekula fosfat angidrid bilan bir necha molekula suv birikishiga qarab 3 xil fosfat kislota olinishi mumkin: R2O5+N2O^2NRO, (metafosfat kislota); R,O5+2N2O^N4R2O7 (pirofosfat kislota); R,O5+ZN2O»2N3RO4 (ortofosfat kislota). Bularning ichida eng muximi ortofosfat kislota, u to’g’ridan-to’gri fosfat kislota deb ataladi. Fosfat kislota (N3RO4) — rangsiz, tiniq kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 42,35°, zichligi 1,87 g/sm. Normal sharoitda inert, yuqori trada ko’pgina metall va ularning oksidlari bilan reaktsiyaga kirishadi va, hatto kvars bilan oltinga ham ta’sir etadi. Fosfat kislota suv bilan har qanday nisbatda aralashadi. Ortofosfat kislota 3 asosli, u 3 xil tuz hosil qiladi, mas, sa(N2RO4)2 — kaltsiy digidrofosfat (birlamchi fosfat); Sa2(NRO4)2 — kaltsiy gidrofosfat (ikkilamchi fosfat); SA3(RO4)2 — kaltsiy fosfat (uchlamchi fosfat). Fosfat kislota texnikada ekstraktsion va termik usullar bilan olinadi. Ekstraktsion usul maydalangan va ozroq fosfatga kislota qo’shilgan tabiiy fosforitni sulfat kislota eritmasida eritishdan iborat. Termik usulda esa avval fosforitdan sof fosfor ajratib olinadi, so’ngra uni kuydirib fosfor (V) oksid — fosfat angidrid hosil qilinadi. Bu moddaga suv ta’sir ettirib uni N,RO4 ga aylantiriladi. Metafosfat kislota orto yoki pirofosfat kislotani qizdirib olinadi. Pirofosfat kislota esa gidrofosfatlarni qizdirib va boshqa usullarda olinadi. Fosfat kislota o’g’itlar, texnik reaktivlar i.ch.da muhim xom ashyo. U organik mahsulotlar sintezida, faollangan ko’mir ishlab chiqarishda, metallar sirtida himoya qoplamalar hosil qilishda qo’llanadi. Tozalangan, oziq-ovqat fosfat kislotasi deb ataladigan xili spirtsiz ichimliklar, farmasevtik preparatlar, ozuqa kontsentratlari tayyorlashda ishlatiladi.