FOSFAT RUDALARI

FOSFAT RUDALARI – tarkibidagi fosfor, sanoatda foydalanish uchun texnik tomondan qulay va sanoatning turli sohalari uchun fosfor tarkibli mahsulotlarni (mineral o’g’itlar, fosfatlar, fosfor tuzlari) olish nuli b-n ularni qayta ishlash, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan birikma va kontsentrasiyalarda bo’lgan tabiiy mineral hosilalar. Fosfat rudalarining asosiy komponenti — fosfor, R2o5ning tarkibi Fosfat rudalarida 2-6% dan 25-34% gacha o’zgarib turadi hamda texnologik xususiyatlar, qazib olishning geologik sharoitlari va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi. Fosfat rudalari tabiiy hosilalarning asosiy 2 guruhidan — fosforitlar va apatitlar, ba’zan alyumo va temir fosfatlardan tashkil topgan bo’ladi. Fosfat rudalarining aosiy komponenti — apatit guruhining fosfat minerallari, ularning ichidan ko’proq tarqalganlari — ftoroapatit, ftorokarbonatapatit va ularning modifikasiyasi — frankolit va kurskit. Fosfat rudalari konlari kelib chiqishiga qarab endogen va ekzogen konlarga bo’linadi.