GAN PAVEL VIKTOROVICH

GAN PAVEL VIKTOROVICH (1894.29.6, hozirgi Sebej shahri, Rossiyaning Pskov viloyatida — 1967.29.1, Toshkent) — manzarachi rassom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1965). 1928 yilda O’rta Osiyoga kelib, Samarqandda, 1935 yildan Toshkentda yashagan. Respublika rassomlik bilim yurtida dars bergan (1936— 57). Asarlarida O’zbekistan, xususan Bo’stonliq manzaralari (“Chirchiq vodiysida”, 1952; “tog’ oqshomi”, “oqshom”, 1956; “Chimyon etagida”, 1957) aks ettirilgan. Ko’plab etyudlari, portretlarida mehnat ahlini ulug’lagan, manzaralarida insonni tabiatning ajralmas qismi sifatida aks ettirgan.