GYUMRI

GYUMRI (1840 yilgacha rasmiy nomi Kumayri, 1840-1924 yillarda Aleksandropol, 1924-91 yillarda Leninakan) — Armanistondagi shahar. Temir yo’l tuguni. Aholisi 122,6 ming kishi (1990). Yengil, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, pedagogika instituti, 2 teatr, o’lkashunoslik muzeyi, suratlar galereyasi, “Gyumri” tarix-arxitektura qo’riqxonasi bor. Gyumri hududidagi qishloq miloddan avvalgi 5-asrdan ma’lum. Gyumri 1988 yil dekabrdagi fojiali zilzila oqibatida jiddiy zarar ko’rgan.