GRAVITATSION SILJISH

GRAVITATSION SILJISH – gravitatsion maydonda tarqalayotgan elektromagnit nurlanish chastotasining o’zgarishi. Nur zarralari — fotonlar gravitasion potentsial qiymatlari teng bo’lmagan (i2fi) ikki nuqta orasida harakat qilganda ma’lum ish A = (I1-TSh)Tsh – bajaradi, natijada fotonlar energiyasi nv va chastotasi v o’zgaradi. Kuchli gravitatsion maydondan kuchsiz maydonga o’tganda fotonlar energiyasi kamayadi, aks holda ortadi. Birinchi holda nurning spektral chiziqlari spektrning qizil chetiga, ikkinchi holda binafsha chetiga siljiydi. Gravitatsion siljishni tajribada kuzatish mumkin. Gravitatsion siljishni tekshirishning gravimetrida katta ahamiyati bor.