FISKAL SIYOSAT

FISKAL SIYOSAT – davlat xarajatlari va soliqqa tortish bo’yicha chora-tadbirlar ko’rish orqali mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechishga qaratilgan siyosatdir. Fiskal siyosatning eng asosiy vazifasi – iqtisodiy-ijtimoiy siyosatni amalga oshirish uchun davlat pul fondlarini markazlashgan tarzda tashkil etish va ishlatish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdir.