FISKAL MOLIYA-BUDJET SIYOSATI

Ma’nosi

FISKAL MOLIYA-BUDJET SIYOSATI — hukumat tomonidan davlat xarajatlari va soliqqa solish tartibiga kiritadigan o’zgartirishlar. Bundan maqsad to’la bandlik, to’la ishlab chiqarish hajmiga erishish. Davlatning fiskal siyosati soliqlarni undirish va budjet mablag‘laridan makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash va ijtimoiy masalalarni hal etish maqsadida hukumat imkoniyatlaridan foydalanishni nazarda tutadi. Fiskal siyosatning asosiy dastagi soliq stavkasini ishlab chiqarish maqsadiga muvofiq o’zgartirishdir.

O‘xshash so‘zlar

F harfiga oid iqtisodiy ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar