FOIZ
FOIZ – ma’lum bir davrga pulning qarz (kredit)ga berilgani uchun olinadigan daromad turi. Pul maxsus tovar bo’lgani uchun foiz uning narxi sifatida maydonga chiqadi. Masalan, 1 mln som kredit bir yilga 10% ga berilmoqda. Unda foiz 100 ming so’mni, yoki 10% ni tashkil etadi. Foiz davlat iqtisodiyotini tartibga solishda muhim vosita hisoblanadi. Uning darajasini pasaytirish iqtisodiy faollikni oshiradi, ko’tarish esa pasaytiradi.
O‘xshash so‘zlar
- Foiz
- FOIZ STAVKASI
- FOIZ TO’LOVLARI
- FOIZ XAVF-XATARI
- FOIZ STAVKASINING REAL DARAJASI
- FOIZLAR KO’RINISHIDAGI DAROMADLAR











