Ekvatorial o`rmonlar
Ekvatorial o`rmonlar (gileya) zonasi – ekvatorial mintaqa tabiat zonasi. Bu zona tabiat ritmikasida mavsumiylikning yo`qligi, podzollashgan laterit tuproqlardagi qalin doimiy yashil sernam o`rmonlar-gileyalarning tarqalganligi bilan xarakterlanadi. Ekvatorial o`rmonlar zonasi Janubiy Amerika, Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo va Okeaniyaning ekvatorial hududlarida tarqalgan.