Ekzogen jarayonlar

Ekzogen jarayonlar – Yer yuzasida va yer po`stining yuza qismida quyosh radiatsiyasi energiyasi, yerning tortish (gravitatsion) kuchi va organizmlar hayot faoliyati natijasida ro`y beruvchi jarayonlar. Bu jarayonlar endogen jarayonlarga qarama-qarshi bo`lib, yer yuzasidagi notekisliklarni tekislaydi. Bularga nurash, suv va shamol eroziyasi, muzliklar, yer osti suvlari ishi, dengiz to`lqinlari va h.k.larni kiritish mumkin.