Obelisk
Obelisk (Yun. obeliskos — six) — me’morial inshoot turi; yodgorlik. Yuqori (uchi)ga tomon ingichkalashib boradigan, asosan, to’rtburchaksimon (kvadrat tarhli) qirrali ustun. Tarixiy shaxs yoki voqealar xotirasini abadiylashtirish maqsadida o’rnatiladi. Dastlab Qadimgi Misrda paydo bo’lgan, saroy va ibodatxonalar oldiga Yodgorlik sifatida o’rnatilgan. Misrdan olib ketilgan yaxlit Obelisklardan Yevropada shaharsozlik maqsadlarida foydalanilgan. O’zbekistonda Obelisk 20-asr boshlaridan qurila boshlagan. 1941-45 yillar urushida halok bo’lgan jangchilarga atab Samarqand, Buxoro, Urganch va boshqa shaharlarda Obelisklar yodgorlik sifatida bunyod etilgan. Zamonaviy me’morlikda o. monumental san’atning keng tarqalgan turi.