OBGARDON
OBGARDON (forscha — suv va bo’yin) — chumichsimon mis asbob; to’y hamda katta yig’inlarda katta qozonlarga suv qo’yish, olishda, taom pishirish (guruch va suvni o’lchash)da qo’llanadi. Misdan 4-6 litr suv sig’adigan paqircha ko’rinishida yasalib, zo’g’atasiga yog’och dasta (40-70 santimetrdan 1-2 metrgacha uzunlikda) o’rnatiladi. Ba’zan Obgardon kandakori naqshlar bilan bezatiladi.
O‘xshash so‘zlar
- OBIDA
- Obidiy Ismoil Yeldinovich
- Obidov Abdurahim Obidovich
- Obidov Qobiljon G’afurovich
- Obidova Muhabbat Fozilovna
- Obimashad arig’i
- Obinovvot
- Obinovvot, novvot


