AMPERMETR
AMPERMETR (amper va … metr) — o’zgarmas va o’zgaruvchan tok kuchini o’lchaydigan asbob; elektr zanjiriga ketma-ket ulanadi. Shkalasi asbobning o’lchash chegarasiga muvofiq mikroamperlarda, milliamperlarda, kiloamperlarda darajalarga bo’linadi. O’lchash chegarasini oshirish uchun shuntlab yoki transformator orqali ulanadi. Tok ta’sirida asbob mili buriladi; milning burilish burchagi tok kuchiga mutanosib bo’ladi. Ishlash tarziga qarab, Ampermetrlar magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik, ferrodinamik, induktsion, issiqlik, termoelektrik, to’g’rilagichli va boshqa tizimdagi Ampermetrlarga bo’linadi.