AMPULA
AMPULA (lotincha ampulla — shisha idish) — 1) nay shaklidagi turli a’zolarning pufakka o’xshash kengaygan qismi. Masalan, umurtqali hayvonlarda to’g’ri ichakning kengaygan qismi; 2) teri ostiga, muskul orasiga, venaga yuboriladigan suyuq dorilarni, shuningdek zardob, vaktsina va biopreparatlarni steril holda saqlash uchun kavsharlab berkitiladigan shisha idish; 3) qadimgi rimliklarda — suyuqlik saqlanadigan xum yoki shisha idish.