AMPULA
AMPULA (lotincha ampulla — shisha idish) — 1) nay shaklidagi turli a’zolarning pufakka o’xshash kengaygan qismi. Masalan, umurtqali hayvonlarda to’g’ri ichakning kengaygan qismi; 2) teri ostiga, muskul orasiga, venaga yuboriladigan suyuq dorilarni, shuningdek zardob, vaktsina va biopreparatlarni steril holda saqlash uchun kavsharlab berkitiladigan shisha idish; 3) qadimgi rimliklarda — suyuqlik saqlanadigan xum yoki shisha idish.
O‘xshash so‘zlar
- AMPUTATSIYA
- Ampula nima degani
- Amputatsiya nima degani
- Ampula pryamoy kishki nima degani
- AMR IBN LAYS AS-SAFFOR
- AMRI MA’RUF
- AMRITSAR
- AMRITSAR QIRG’INI











