Amin

Amin (arabcha-ishonchli, omonatdor)-1) Buxoro amirligida tuman va qishloq oqsoqoli; 2) bozorda sotuvchilardan soliq undiruvchi mansabdor. Bir necha kichik qishloqni boshqaruvchi amaldor; 3) Markaziy Osiyo qozixona hujjatlarida amin so’zi yetimlarga tayinlangan vasiylar ustidan nazorat qiluvchi shaxs sifatida qo’llanilgan; 4) chor Rossiyasi davrida Farg’ona vodiysidagi qishloq joylarda bir necha mayda qishloqni boshqarish uchun saylab qo’yilgan quyi ma’muriy mansab.