AND TOG’LARI
AND TOG’LARI (Ink xalqlari tilida anta — mis konli tog’lar) — dunyodagi eng uzun (qariyb 9000 kilometr) va eng baland (6960 metr) tog’ tarmoqlaridan biri. Eni 800 kilometrgacha. And tog’lari Janubiy Amerikani butun uzunligi bo’ylab G’arb tomonidan o’rab turadi. And tog’lari shimoldan janubga nihoyatda uzun masofada (66°ga) cho’zilib ketganligidan tuproq va o’simlik qoplami ham turlicha, vertikal mintaqalar aniq namoyon bo’lgan. Tez-tez zilzila bo’lib, vulkanlar (Kotopaxi, Misti, Maypu) otilib turadi. And tog’lari bir-birlariga parallel bo’lgan va meridian P bo’ylab cho’zilgan tizmalardan iborat. Shimolda Karib dengizi sohillari bo’ylab ikki qator (balandligi 2765 metrgacha), shimoliy-g’arbida 4 qator (balandligi 5800 metrgacha) tizma joylashgan. Tizmalarni chuqur tektonik botiqlar va ichki yassi tog’liklar bir-biridan ajratib turadi. Ekvadorda ikki qator vulkan tog’lari tog’oralig’idagi botiqlarni o’rab turadi. Peruda balandligi 6768 metrgacha bo’lgan tog’lar va 4200 metrgacha ko’tarilgan platolarni daryolar chuqur o’yib yuborgan. Markaziy And tog’lari tizmalarining o’rtacha balaandligi 4000 — 5000 metr. Platolar keng va juda baland (4000 metr chamasida). Bosh Kordilera tog’laridagi Akonkagua tog’i (6960 metr)— G’arbiy yarim shardagi eng baland cho’qqi. Kirg’oq bo’yi tizmasi cho’zilgan, Sharqda esa palaxsali tog’lar joylashgan. Qor chizig’i Janubda 500 — 1500 metr, Markaziy qismida 6500 metr, shimolda 4700 metr balanddan o’tadi. Janubiy qismlarida katta muzliklar okeangacha tushib keladi. And tog’laridan Amazonka va uning irmoqlari Orinoko va boshqalar boshlanadi. And tog’larining Markaziy qismida Titikaka, Poopo baland tog’ ko’llari bor. And tog’lari 6 xil iqlim zonasida joylashgan. Venesuela va G’arbiy Ekvadorda tropik iqlim, qish quruq keladi, siyrak o’rmonlar o’sadi. Janubga tushgan sari cho’l zonasi subtropik, mo’tadil cho’l va dasht landshaftlari bilan almashinadi. And tog’lari asosan Alp burmalanishi davrida shakllangan (Sharqiy qismida undan ham qadimgiroq jinslar mavjud). Gog’larda 30 dan ortiq qarakatdagi vulkan (Kotopaxi, Osorno, Sangay va boshqalar) mavjud. And tog’larida foydali qazilmalardan kam uchraydigan va rangli metallar, g’amda neft, selitra, oltingugurt, asbest, mis, qalay, kumush, qo’rg’oshin, rux, volfram, vanadiy, surma, vismut, mishyak va boshqa konlar bor. And tog’lari Shimoliy qismining shamolga ro’para g’arbiy yon bag’ri — tog’qizil tuproqli yerlar barg to’kuvchi o’rmonlar bilan, janubga tomon laterit tuproqli yon bag’irlar sernam ekvatorial va tropik o’rmonlar hamda jigarrang tuproqli yerlar doim quruq subtropik o’rmonlar va butazorlar bilan qoplangan. Ichki baland platolar esa o’tloq (paramos), quruq baland tog’tropik cho’llar (xalqa) va cho’ldan iborat. And tog’lari kartoshka, Xin daraxti va boshqa foydali o’simliklar vatani. Hayvonot dunyosi xilma-xil: Lama, ko’zoynakli ayiq, Magellan iti, shinshilla, tulki, turli xil kemiruvchilar va qushlardan — Kondor yashaydi. And tog’larida Sahama (Boliviya), Lanin (Argentina), Los-Paraguas (Chili) va boshqa milliy parklari bor.