ANDROSTEROMA
ANDROSTEROMA — buyrak usti bezi po’st qavatining o’smasi. Kasallikka xos belgilar: qizlarda klitor gipertrofiyasi, tuk bosish, sut bezlarining takomillashmasligi, hayz ko’rmaslik, muskullarning haddan tashqari rivojlanib ketishi, o’g’il bolalarda vaqtidan ilgari balog’atga yetish, tez o’sish. Ayollarda 30-40 yoshlarda uchrab, ovozning dag’allashishi, girsutizm, sut bezlarining kichiklashishi, bachadon atrofiyasi, klitorning kattalashishi, hayz ko’rishning to’xtashiga, ba’zan kallikka olib boradi.