ANEMIYAGA QARSHI MODDALAR

ANEMIYAGA QARSHI MODDALAR -gemoglobin va qizil qon tanachalari miqdorini oshirish, shuningdek anemiyani davolashda ishlatiladigan dorilar. Anemiyaga qarshi moddalardan temir, kobalt, mis preparatlari, tsianokobalamin (V12 vitamin) va folat kislota (V, vitamin) tibbiyot amaliyotida ko’p qo’llaniladi.