Mazdaiylik, mazdaizm

Mazdaiylik, mazdaizm (Axuramazda nomidan)-Qadimgi Eron (miloddan avvalgi IX-VI asrlarda Midiya, VI-IV asrlarda Ahamoniylar davlati) dini. Mohiyatan zardushtiylik dini evolyutsiyasi jarayonidagi bosqichlardan biri. “Avesto” ilohiy kitob hisoblangan. Unda yaxshilik timsoli Ahuramazda va yovuzlik xudosi Anxramaynuga e’tiqod qilingan. Mazdaiylikning zardushtiylikdan farqi shundaki, unda Zardusht faqat Ahuramazda bilan shoh o’rtasidagi vositachi deb e’tirof etilgan va u ortiq darajada ilohiylashtirilmagan.