Mengirlar

Mengirlar (bretancha men-tosh va hir-uzun)-jez va ilk temir davrida marhumlar xotirasiga qo’yilgan megolitik inshootlarning bir turi. Uzun tosh ustunlardan iborat bo’lib, yerga tik holda o’rnatilgan. Balandligi 4-5 metrdan to 20 metrgacha (Fransiyada bo’yi 20 metr, og’irligi 300 tonnaga yaqin Mengirlar bor). Ba’zan Mengirlar uzun yo’lak yoki halqasimon to’siq shaklida joylashtirilgan. Mengirlar ko’pincha dolmenlar bilan birgalikda uchraydi. Har bir tosh bir marhumga alohida atab qo’yilgan. Qazish vaqtida Mengirlar ostidan kul, sopol idish siniqlari va hayvon suyaklari topilgan.