Mehtar
Mehtar (forscha-ulug’, janob)-saroy mansablaridan biri. Somoniylar davlatida boobro’ shaxslar, davlat arkonlari. Ba’zi manbalarda Mehtar “qishloq oqsoqoli” yoki “otboqar, sayis” ma’nolarida ham qo’llanilgan. Buxoro xonligida Mehtar hukmdorga yaqin 4 davlat mansabdorlaridan ikkinchisi bo’lib, ba’zan u oliy farmonga muvofiq saroyga otdan tushmagan holda kirishga haqli hisoblangan. Mehtar zimmasiga zakotdan, shuningdek, tovar, aqcha, don, chorva singari tushumlarning qonunga binoan, zarur o’rinlarda ishlatilishini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan; 2) Qo’qon va Xiva xonliklarida davlat xazinachisi; 3) o’tmishda xon saroyida xizmat qiluvchi surnaychi, karnaychi, nog’orachi va doirachilardan iborat sozandalar guruhining yetakchisi, boshlig’i. Mehtarlar eng mohir, tajribali, maxsus sunray yo’llarini va nog’ora usullarini puxta egallagan ustoz surnaychi yoki nog’orachilardan tayinlangan. Xalq orasida tarqalgan qo’g’irchoq o’yinlari tomoshalariga jo’r bo’luvchi, shuningdek, to’y-bazmlarda, milliy bayramlarda, sayillarda ishtirok etuvchi sunray-karnay-nog’ora dastasi boshlig’i ham Mehnat deb yuritilgan.