Odoq

Odoq (oyoq so’zidan) — Daryo va soylar etagi, quyilishi yeri, ba’zan o’rta oqimi sohillaridagi tekis pastlik yerlar. Odoqlarni toshqin vaqtida ba’zan suv bosadi, yer osti suvlari yuza bo’lib, daryo suvining sathiga qarab o’zgarib turadi. Tuprog’i ko’pincha, sho’rtob botqoq bo’lib, qamish, ko’g’a, yulg’un, sho’ra, ajriq bilan qoplanib yotadi.