Offenbax (Offenbach) Jak

Offenbax (Offenbach) Jak (asl ismi va familiyasi Yakob Ebershi) — (1819.20.6, Kyoln – 1880.4.10, Parij) — frantsuz kompozitori, frantsuz operettasining asoschisi. 1849 yildan «komediya Fransez» teatrida dirijyor va kompozitor. 1855-61 yillarda o’zi asos solgan «Buff-Parizen», 1872-76 yillar «Dela Gete» teatrlarini boshqargan. Offenbax 100 ga yaqin operetta yozib, mazkur janr tarixini boshlab bergan. Ulardan «Orfey do’zaxda», «guzal Elena», «ko’k soqol», «Parij hayoti», «Perikola», shuningdek, «Gofman ertaklari» nomli romantik operasi (1880) ko’p mamlakatlarda sahnalashtirilgan.