Marath, Mirut
Marath, Mirut — Hindistonning shimoliy qismidagi shahar. Uttar-Pradesh shtatida, Gang va Jamna daryolari oralig’ida. Aholisi 985 ming kishi (2001). Transport yo’llari tuguni. Oziq- ovqat (jumladan, shakarqand), ip gazlama, ko’n-poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Badiiy hunarmandchilik rivojlangan. Universitet bor.