Marakaybo

Marakaybo — Venesuelada- gi ko’l, Karib dengizining Venesue- la qo’ltig’idan Jan.da, qo’ltiq b-n sayoz (2-4 m) bo’g’oz b-n bog’langan (bo’g’oz orqali uz. 8,7 km li ko’prik qurilgan). M. garbda Serrade-Perixa va sharkda Kordilera-Merida tog’tizmalari ora- ligidagi botiqda joylashgan. Mayd. 16,3 ming km2 (ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, 13,3 ming km2). Chuq. 250 m gacha. Sohil kismi botqoklashgan pasttekislik. M.ga 50 dan ortiq Daryo quyiladi. Daryo oqiziqlarining juda ko’p kelib tushi- shi natijasida ko’l maydoni kichrayib bormoqda. Ko’l suvi Jan. qismida chuchuk, shim.da sho’rroq. M.da kema qatnaydi. Ko’l hududida yirik neft konlari topilgan. G’arbiy sohilida Marakaybo porti joy- lashgan.