Marvaziy Abulabbos
Marvaziy Abulabbos (? – 815) -fors shoiri, qasidanavis. Marvda yashab ijod etgan. Asarlari turli tazkiralarda saqlanib qolgan. Muhammad Avfiyning “Lubob ul-albob” (“Mag’izlarning mag’zi”, 1222) tazkirasida yozilishicha, Marvaziy abbosiylardan xalifa Ma’munning Marvga kelishiga bag’ishlab qasida yozgan, bu fors tilida bitilgan birinchi qasidadir.