Margrete II

Margrete II (1940.16.4, Kopengagen) — Daniya davlat arbobi. Qirol Frederik IX va qirolicha Ingridning katta qizi. Kopengagen, Orxus, Kembrij universitetlari, Sorbonna, Londondagi iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabida o’qigan. Kembrij (1975) va London universitetlarining huquq doktori. 1953 yildan Valiahd. 1972 yil 15 yanvardan Daniya Qirolligi qirolichasi.