ANJU

ANJU — Frantsiyaning shimoliy – g’arbidagi tarixiy viloyat, quyi Luara havzasida. Bosh shahri — Anje. Hozirgi Anjuning aksariyat qismi men va Luara departamentlari tarkibiga kiradi. Anju 9 – asrdan — graflik (markazi Anje shahri). 11 – asr o’rtalaridan Anjuga Turen va 1126 yil Men qo’shib olingan. 1154 yil Anju grafi Angliya qiroli (Genrix II Plantagenet) bo’lgan, Anju esa inglizlarning Frantsiyadagi mulklarining tarkibiy qismiga aylangan. 1202 — 04 yillarda Anju hududi frantsuzlar tomonidan qaytarib olingan (bu 1259 yilgi Parij bitimi bilan tasdiqlangan). 1360 yildan Anju — gersoglik. 1481 yil Lyudovik XI Anjuni merosiy qirol mulkiga qo’shib olgan.