ANOD-MEXANIK ISHLOV

ANOD-MEXANIK ISHLOV – metall buyumga elektrolit muhitida elektr kimyoviy va elektr erozion tarzda ta’sir etib ishlov berish usuli. Rus olimi V. N. Gusev ixtiro qilgan (1943). Ishlanuvchi detal va elektrod asbob elektrolit (anod eritmasi) ichiga botiriladi va zanjirga past kuchlanishli (25-30 V) o’zgarmas tok ulanadi (rasm). Elektrod asbobning materiali sifatida kam uglerodli po’lat olinadi. Elektrod asbob detal sirtidagi himoya pardasini yemirishi natijasida uning ostida tok zichligi ortib, elektrolit ta’sirida metall yemiriladi. Anod-mexanik ishlov stanoklarida metallarni to’g’ri va egri chiziq bo’ylab kesish, qattiq qotishmali keskichlarni charxlash, silliqlash va boshqa ishlarni bajarish mumkin. Bu usul hozir ham qo’llaniladi.