Valtorna

Valtorna (nemischa Waldhorn — o’rmon bur-gusi) — mundshtukli puflama soz. Tovush tembrining nafisligi bilan boshqa mis puflama sozlardan farq qiladi. 19-asrning boshida xromatik (Ventilli) turi paydo bo’lgan. Unda joylashgan qo’shimcha naychalar yordamida ijrochi asosiy havo yo’lini uzaytirib, barcha xromatik tovushlarni chalishi mumkin. Hozirgi Valtorna asosan “FA”, ba’zan “sibemol” sozida chiqariladi. Diapazoni taxm. 3,5 oktava. Valtorna simfonik va puflama sozlar orkestrlarida, kamer ansambllarda va yakkanavoz soz sifatida ishlatiladi.