Valyor

Valyor (Fransuzcha valeur —baho, qimmatbaho) — rassomlik san’atida ma’lum nur va soya miqdorini ifodalovchi (boshqa ranglar bilan bog’liq holda) rang turi. Rangtasvirdagi ranglar uyg’unligida «Valyor» termini o’zaro qonuniy aloqada bo’lgan va ma’lum bir rang chegarasidagi nur va soya izchilligini yaratuvchi har bir tuslarni ifodalaydi. Valyor izchilligini qo’llash (ko’p yirik rassomlarning ijodini belgilagan) narsalarni nozik va boy nur-havo muhitida berish, koloritni, ulardagi ranglarning alohida nisbati hamda bir-biriga o’tishdagi teranligiga erishish imkonini beradi (D. Velaskes, Ya. Vermer, K. Koro, V. I. Surikov, I. I. Levitan va boshqalar).