Magnit disk
Magnit disk — ikkala tomoniga magnit xossali qatlam qoplangan bikr alyuminiy yoki egiluvchan plastmassa disk. Diametri — 0,18—1,2 metr, qalinligi — 2,5—5 millimetr. Magnit disk aylantirilganda axborotlar uning sirtiga kontsentrik yo’lchalar tarzida yoziladi. EHM, axborot-izlash va boshqa ma’lumotlarga ishlov beruvchi avtomatik tizimlarda ma’lumotlarni magnitlovchi eltuvchi bo’lib xizmat qiladi. Bikr Magnit disk paket qilib yoki 4 — 6 tadan nabor qilib tuziladi; 1 paketning sig’imi bir necha g bayt. Egiluvchan Magnit disk bittadan disketalarga joylashtiriladi; 1 disketa sig’imi 0,1—1 M bayt.