Mo’minova Shahnoza
Mo’minova Shahnoza (1949.21.8, Toshkent) — kulol, zamonaviy kulollik san’atining taniqli namoyandasi. O’zbekiston Badiiy Akademiyasi akademik (1990). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1974). Toshkent politexnika instituti (1974-95) va Respublika rassomlik bilim yurti (1995-98) da dars bergan, ayni vaqtda, Toshkent keramika zavodi ijodiy guruhida ishlagan; 1996 yildan Respublika bolalar ijodiyoti markazida studiya rahbari. Mo’minova ijodi kompozitsiya va nafis rang koloritini nozik his eta olishi bilan diqqatga sazovor; chinni kompozitsiyalari, mo’jaz shaklli asarlari milliy ohanglarni zamonaviy talqin etish mahorati bilan ajralib turadi: “ko’za” (1975), “voha” (1995), “Sharq ayollari”, “Uchrashuv” (1997), “tong” (1999) va boshqalar. 1974 yildan respublika va xorijiy mamlakatlardagi yirik ko’rgazmalarda faol ishirok etadi (jumladan, AKD], Turkiya, Germaniya va boshqalarda shaxsiy ko’rgazmalari muvaqqiyatli o’tkazilgan).