Mo’minov Tesha Husainovich

Mo’minov Tesha Husainovich (1949.25.11, Buxoro) — O’zbekiston xalq artisti (1992). Toshkent teatr va ras- somlik san’ati in-tini tugatgan (1970). 1968 y.dan hoz. O’zbek milliy akademik drama teatri aktyori. 1993— 96 y.lar Ma- daniyat ishlari vazirining o’rinbosari. «Ajal minorasi» (A. Dyuma)dagi Orsi- niy M.ning sahnada yaratgan ilk yirik obrazidir. Teatr sahnasida Devona (M. Karim, «oy tutilgan tunda»), G’ofir (Hamza, «boy ila xizmatchi»), Yo’lchi (Oybek, «qutlug’qon»), Koriolon (u. Shekspir, «Koriolon»), qor odam (T.Yu- nus, «qor odam»), shayton (S.Imomov, «Shayton va farishta»), Shoh Ma’mun (H.Rasul, «Piri Koinot»), Shpigelberg, Grimm (F. Shiller, «Karoqchilar»), Piri Zindoniy (M. Shayxzoda, «Mirzo Ulug’bek»), Turdivoy (Uyg’un, I.Sulton, «Alisher Navoiy»), Sohibqiron (A.Oripov, «Sohibqiron Amir Temur»), Jo’ra Azim («bir qadam yo’l») kabi rollari b-n tanildi. Ulkan ehtiros, purviqor harakatlar, baland va serjilo nutq M. ijrochilik san’atining etakchi xususiyatlaridan. M. ki-noda (Komil, «Kelinlar qo’zg’aloni» da; Nurmuhammad, Qushbegi «o’tgan kunlar»da; rais, «yolg’iz yodgorim»da va b.), video va television filmlarda (Yo’lchi, «qutlug’qon»da; Saltabadil, «qirolning dilxushi»da; Sherzod Samandarov, «Hyp borki, soya bor»da va b.) ham ko’plab obrazlar yaratgan. Bir qancha film dublyajida qatnashgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mu-kofoti laureati (1989).