Mo’minov Ibrohim Mo’minovich

Mo’minov Ibrohim Mo’minovich (1908.7.9, hoz. Shofirkon tumani tez- guzar qishlog’i — 1974.22.7, Toshkent) — faylasuf olim, jamoat arbobi, O’zbekiston FA akad. (1956), Uzbekiston- da xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1959), falsafa fanlari D-ri (1950), prof. (1950). Buxoro bilim yurtida o’qigan (1925-27). Samarqand Pedakademiyasi- ning ijtimoiy-iktisodiy f-tini tu- gatgan (1931), shu erda o’qi-tuvchi bo’lib ishladi. Pedakademiya Uzbekiston un- tiga aylantirilgach, Filol., keyincha- lik tarix f-ti dekani, kafedra mudiri (1933-55). 1955— 56 y.larda Uzbeki- ston FA Tarix va arxeologiya in-ti Di- rektori. 1956 y.dan akademiyaning vise- prezidenti. Ai ni vaqtda Uzbekiston FA falsafa va huquk in-ti direktori (1958-59), Uzbekiston «bilim» jamiya- ti boshkaruvi raisi (1958 y.dan), O’zbek sovet entsiklopediyasining birinchi bosh muharriri (1968 y.dan). M.ning ilmiy faoliyatiga sho’rolar mustabid tuzumi o’z ta’sirini ko’rsatgan bo’lsada, biroq, uning tadqiqotlari Mar- kazida Sharq, xususan, Markaziy Osiyo xalqdarining ijtimoiy-falsafiy qamda ilmiytabiiy fikrlari muammo- lari turganligi natijasida, alloma falsafaning o’ta siyosiylashuvini, uni hukmron mafkura xizmatiga tamomi- la bo’ysundirish xurujlarini chetlab o’shsh imkoniyatiga ega bo’ldi. U Navo- iydan tortib, Ahmad Donishgacha bo’lgan yirik mutafakkirlar ijodini taxlil kildi. Ayniqsa, Bedil ijodini chukur o’rganib, uning merosini tushunishni ancha engillashtirdi. M.ning «Amirte- Murning Urta Osiyo tarixida tutgan o’rni va roli» asari (1968), umuman Amir Te- Mur shaxsini ilmiy o’rganish tashabbusi b-n chiqishi olimning ilmiy jasorat va yuksak vatanparvarlik fazilatining yorqin ifodasi bo’ldi. M. G’arb falsafa- sini, rus mutafakkirlari ijodini ham o’rgandi. Gegel dialektikasining rasi- onal mag’zini ko’rsatib berdi. M. Uzbekistonda ilm-fanning Yi- rik tashkilotchisi. U, ayniksa, ijtimo- iy fanlarni rivojlantirishga — yangi tadqiqot muassasalarini tashkil etish, ilmiy kadrlar tayyorlashga katta hissa qo’shdi, uning rahbarligida turli fan sohalari bo’yicha yirik asarlar nashr etildi. M. Uzbekistonda falsafa makta- biga asos soldi. Beruniy nomidagi Uzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967). Toshkentdagi ko’chalardan biriga, Uzbekiston FA falsafa va huquq in- tiga, Buxoro va Shofirkon sh.laridagi ko’chalar, maktablar, Shofirkon tumani- dagi shirkat xo’jaligiga M. nomi beril- gan. M. vafotidan so’ng «Buyuk xizmat- lari uchun» ordeni b-n mukofotlangan (2003). As: tanlangan asarlar, 3 j.li, T., 1969— 72; Vidayutshiesya misliteli Sredney Azii, M., 1963; Amir Temur- ning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni va roli, T., 1968; Mirzo Bedil, T., 1974; O’zbekistondagi tabiiy-ilmiy va ij- timoiy-falsafiy tafakkur tari-Xidan lavxalar, T., 1999. Ad.: Sadikov A.S, I.M. Mo’minov [bibliografiya], T., 1968; Vospominaniya o I. M. Muminove, T., 1978; akademik Ibrohim Mo’minov |maqolalar va xotira- lar], T., 1993; Shermuhammedov S, Krmu- siy olim, T., 1998.