Mangu Temur
Mangu Temur — Oltin O’rda xoni (1266-82). Otasi To’g’on, Botuxonning 2-o’g’li bo’lgan. Uning davrida mo’g’ullar Vizantiya (taxminan 1269-71), Litva (1275), Kavkaz (1277) ga harbiy yurishlar qilishgan. Bu yurishlarda ayrim rus knyazlari ham ishtirok etishgan. Mangu Temur rus cherkovining Oltin O’rdaga soliq to’lashdan ozod etilgani haqida birinchi bo’lib yorliq bergan. Mangu Temur davrida genuyaliklarning Qrimdagi savdo koloniyasi (manzilgohi) — Kafa vujudga kelgan hamda tumanboshi No’g’ayning mavqei oshgan.
O‘xshash so‘zlar
- Mangu qor
- Manguberdi
- Mangustlar
- Mangu qorlar
- Mangu qorlar
- Mangu tung yer
- Manguzar qishlog’i haqida eshitganmisiz?
- MANIAKAL-DEPRESSIV PSIXOZ











