Mangustlar

Mangustlar (Herpestes) – yirtqich sut emizuvchi hayvonlar urug’i, viverrasimonlar oilasiga kiradi. Gavdasining uzunligi 23-64 santimetr, dumi 50 santimetrgacha. Mo’ynasi dag’al, rangi bir xilda yoki yo’l- yo’l. 10 turi Janubiy Osiyoda, 6 turi Afrikada, 1 turi Yevropa (Ispaniya)da tarqalgan. O’rmonlar va butazorlarda, ba’zan aholi yashaydigan joylar yaqinida hayot kechiradi. Tunda faol. Mayda umurtqali hayvonlar, ba’zan umurtqasizlar bilan oziqlanadi, zaharli ilonlarni yeb, foyda keltiradi.