Manas maqbarasi

Manas maqbarasi – Qirg’izistondagi me’moriy yodgorlik (1334). Talas shimoliy-sharqida joylashgan. Amir Abukning qizi Kanizakxotunga atab qurilgan. Xalq orasida qirg’iz xalq eposi qahramoni Manas nomi bilan yuritiladi. Maqbara pishiq g’ishtdan qurilgan. Murabba tarxli, bir xonali, gumbazi 16 qirrali (qobirg’ali). Bosh tarsi chuqur ravoqli, ustungo’shalar ishlangan. Peshtog’i islimiy naqsh va nasx yozuvi bilan uyg’unlashtirib nafis bezatilgan, ikki yoniga guldastalar o’rnatilgan. O’yma koshinlar bilan qoplangan bosh tarzi yaxshi saqlangan. Maqbaraning ichki va tashqi peshtoqlaridagi mujassamot birligi va uyg’unlik unga salobat bag’ishlagan.